APL joriy mavsumidagi 19-uchrashuv qoldirildi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2021, 08:25
Premer-liga rahbariyati Angliya chempionati 20-turi doirasida 28 dekabrda o'tishi kerak bo'lgan “Arsenal” – “Vulverxempton” uchrashuvini qoldirdi.

Bunga “bo'rilar” safida koronavirus bilan kasallangan va jarohat olganlar tufayli bo'lajak bahsga kerakli futbolchilarni jalb qilololmasligi sabab bo'ldi. Shuningdek, londonliklar tarkibida himoyachilar Sedrik Soaresh, Takexiro Tomiyasu va xavbek Eynsli Meytlend-Naylzda COVID-19 testi ijobiy chiqqandi.

Shu tariqa, joriy musobaqada qoldirilgan o'yinlar soni 19 taga (dekabrning o'zida 15 ta) etdi. Avvalroq, quyidagi uchrashuvlar o'tkazilmasligi aniq bo'lgandi:

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports