

Qayd etilishicha, hujumchiga “Liverpul”, “Tottenxem” hamda “Arsenal” jamoalari qiziqmoqda.
Lissabon jamoasi Jotaning narxini 30 mln. evro atrofida baholamoqda. Portugaliya yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan hujumchi ikkala qanotda ham yaxshi o'ynay olishi grand e'tiborini tortgan. Shuningdek, u markaziy hujumchi sifatida ham harakat qiladi.
Joau Filipe o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Portugaliya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etilgandi.



