APL. Fevral oyining eng yaxshi murabbiyi ma'lum qilindi

Alisher
17 mar 2020
"Byornli" bosh murabbiyi Shon Daych APLda oy murabbiyi deb topildi.

"Byornli" fevralda APL doirasidagi 4ta o'yin o'tkazib, 8 ochko jamg'ardi va umuman mag'lubiyatga uchramadi.

48 yoshli mutaxassis faoliyati davomida ikkinchi bor ushbu sovringa loyiq ko'rildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu sovringa Shon Daychdan tashqari Ole Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"), Mikel Arteta ("Arsenal") va Kris Uaylder ("Sheffild Yunayted")lar davogarlik qilayotgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BurnleyOfficial