

"Qizillar" ikki marta o'yinda hisobda oldinga chiqib olishd, ammo "Brayton" ikki marta ham ularga yetib oldi va 85-daqiqada g'alabani ilib ketishga ham muvaffaq bo'lishdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jek Xinshelvud bir daqiqa o'tar-o'tmas jamoasiga g'alabani taqdim etuvchi golga mualliflik qildi.



