

Bornmut – Sautgempton 0:2
19 iyul, 18.00, Din Kort
Gollar:
0:1 – 41 Ingz, 0:2 – 90 Adams.
Bornmut – Remsdeyl, Steysi, Riko, Kelli, Kuk, Billing (Gosling, 87), Stanislas (Solanke, 70), Bruks (Uilson, 46), Lerma (Serridj, 82), King (Kuk, 69), Uilson.
Sautgempton – Makkarti, Stivens, Uoker-Piters, Bertran, Vestergor, Romeu (Xeyberg, 77), Armstrong, Redmond, Uord-Prouz, Ingz (Obafemi, 90), Long (Adams, 66).
Ogohlantirishlar:
Vestergor (34), Billing (47), Kuk (78), Uord-Prouz (90).
Ushbu bahsdan keyin "Sautgempton" klubi futbolchilari 49 ochko bilan musobaqa jadvalining 11-pog'onasiga joylashgan bo'lsa, "Bornmut" (31 ochko) 19-o'rinda qoldi. Endi "Bornmut" futbolchilari quyi divizionga tushib ketmaslik uchun "Uotford" (34) hamda "Aston Villla" (31) klublarining keyingi ikki o'yinda mag'lub bo'lishini kutishlari, o'zlari esa 38-turda g'alaba qozonishlari talab qilinadi. Ma'lumot uchun, Angliya chempionatida ochkolar teng kelib qolsa, to'plar nisbatidagi farq inobatga olinadi.




