APL. "Arsenal"ning mag'lubiyati "Nottingem Forest"ni ligada saqlab qoldi va "Manchester Siti"ni chempionga aylantirdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2023, 23:35
Angliya Premer-ligasining 37-turidan o'rin olgan "Nottingem Forest" hamda "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

Nottingem Forest – Arsenal 1:0

"Siti Graund"

Gol: 1:0 – 19 Avoniyi.

Nottingem Forest – Navas, Ore, Felipe (Boli, 79), Niakate, Uorrell, Lodi, Mangalya, Yeyts, Gibbs-Uayt, Danilo (Kuyate, 73), Avoniyi (Djonson, 79).

Arsenal – Remsdeyl, Gabriel, Uayt, Kiver (Tirni, 63), Djaka (Nketia, 63), Jorjino, Edegor, Parti, Saka, Trossard (Fabiu Vieyra, 70), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Avoniyi (25), Niakate (45), Gabriel Jezus (54), Gabriel (78), Gibbs-Uayt (79).


"To'pchilar"ning ushbu mag'lubiyati "Nottingem Forest"ni Angliya Premer-ligasida jon saqlab qolishiga yordam berdi va "Manchester Siti"ni muddatidan avval chempionga aylantirdi.


APL JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia