APL. 7-turdan so'ng to'purarlar ro'yxatida Diego Kosta yetakchilik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 15:18
Kecha Angliya Premer-ligasining 7-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Ayni damda APL to'purarlar ro'yxatini "Chelsi" hujumchisi Diego Kosta boshqarib bormoqda. London klubi futbolchisi hisobida 6 ta gol bor. Serxio Aguero, Maykl Antonio va Romelu Lukakular 5 tadan gol bilan ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. Eten Kapu, Jermeyn Defo, Zlatan Ibragimovich, Jeyms Milner, Aleksis Sanches, Son Xyon Min hamda Sterling hisobida 4 tadan gol mavjud.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia