

Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z uyida "Guanchjou Evergrand"ni qabul qilmoqda. Birinchi bo'limning 29-daqiqasida Darko Matichning pasidan so'ng Anzur Ismoilov raqib darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar vakili Jeng Long dublga erishib "Guanchjou"ga g'alaba keltirdi - 1:2.
Ma'lumot uchun, "Guanchjou"ni Luiz Felipe Skolari boshqarib bormoqda. Klub o'tgan yil Osiyo chempionlar ligasi va Xitoy Superligasida chempion bo'lgandi. Jamoa safida Rikardo Goulart, Alan va Paulino kabi legionerlar o'ynashadi.
"Chanchun Yatai" - "Guanchjou Evergrand" 1:2
Gollar: Anzur Ismoilov 29 - Jeng Long 82, 83
Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali



