Chili terma jamoasi a'zosi 19 yoshli hujumchimiz "AIK" klubiga qarshi bahsda jarohat olgan Nanining o'rniga maydonga tushirildi va ikkinchi bo'limda jamoamiz yagona goliga mualliflik qildi.
Enrikes o'yindan so'ng juda baxtiyor edi va o'yin borasida fikrlarini bildirib, qo'lidan kelganicha mahoratini ishga solishga harakat qilishini aytdi.
"Birinchi jamoa tarkibida harakat qilib o'z nomimga gol yozdirib qo'yish, bu men uchun buyuk onlar bo'ldi" - deydi Enrikes klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
"Birinchi jamoa bilan birgalikda mashg'ulot va birga vaqt o'tkazish bu fantastika. Men ulardan ko'p narsa o'rganmoqdaman".
Enrikes shuningdek hali David Moyes bilan "Old trafford"da qoladimi yoki bo'lmasa o'tgan mavsumning ikkinchi qismida "Uigan" klubida to'p surgani kabi ijarada to'p suradimi bu to'g'risida hali gaplashib ko'rmaganligini aytdi.
Chililik hujumchi o'tayotgan daqiqaning har bir onidan lazzat olayotganini va Angliya Superkubogi uchun "Uigan"ga qarshi kechadigon bahs u uchun muhim ahamiyatga ekanligini ta'kidladi.
"Uigan" mening qalbimda muhim joy olgan va bu uchrashuv men uchun muhim ahamiyatga ega. Men uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdaman va umid qilamanki biz kerakli natijani qo'lga kirita olamiz" - deya qo'shimcha qildi.
"Mening "Uigan" klubida o'tkazgan vaqtlarim mening foydamga xizmat qildi. Men katta tajriba to'pladim va birinchi jamoaning boshlang'ich tarkibda muhim Premer Liga hamda Angliya Kubogi bahslarida maydonga tushish nima ekanligini his qildim. Eng asosiysi, men Premer Liga dunyodagi eng yaxshi chempionatlardan biri ekanligini bildim. Bu yerda har bir uchrashuvda maydonda bor kuchingni berib harakat qilishing zarur".
"Men oldinga qarab borishni xohlayman, buning uchun mashg'ulotlarda men qo'limdan kelganicha ishtirok etib borishim zarur" - deydi Enrikes.
Javlonbek Yusupov tarjimasi