Anxel Di Mariya: "Mbappe to'g'ri qarorga keldi"

Mirjalol Normatov
22 may 2022
PSJ futbolchisi Anxel Di Mariya jamoada qolgan Kilian Mbappe haqida gapirdi.

Kecha parijliklar matbuot xizmati forvard bilan 2025 yilgacha shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"Mbappe juda to'g'ri qarorga keldi. U hali yosh va "Real"ga o'tishga vaqt bo'ladi", - dedi argentinalik futbolchi.

Ushbu mavsumda Mbappe 35 o'yinda 17 assist va 28 gol urgan holda chempionat to'purariga aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football