Anvarjon Alijonov Superligada debyutini o'tkazdi

Alisher
18 iyun 2022, 13:34
Kecha "Lokomotiv" Coca Cola Superliga 12-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib bordi.

"Temiryo'lchilar" yosh hujumchisi Anvarjon Alijonov bahsning 72-daqiqasida G'ulom-Haydar Gulyamov o'rniga maydonga tushirildi. Shu orqali 19 yoshli futbolchimiz Coca Cola Superligada debyutini amalga oshirdi.

Anvarjon Alijonov Superligadagi kichik tanaffus vaqtida sinov-nazorat bahsida "Navbahor" darvozasiga gol ham kiritgandi.

Ushbu mavsumda "Loko" tarkibida Sherzodjon Komilov, Ali Abdurahmonov va Abdulloh Yo'ldoshevning asosiy jamoada debyutini amalga oshirgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia