Anvar G'ofurov: "Jahon chempionati saralash bosqichida har bir raqibni hurmat qilish kerak"

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2024, 13:30
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Anvar G'ofurov Jahon chempionati saralashida raqiblarning kuchini baholadi.

Tajribali mutaxassis bu borada Yevropa chempionatini ham unutmadi.

"Saralashda biz bilgan o'ziga yarasha yaxshi jamoalar yig'ildi. Bunda har bir raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushish kerak bo'ladi, chunki istalgan raqib etarlicha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. O'ylashimcha, bu safar bizning imkoniyatlarimiz yuqori. Tarkibimizda har bir poziciyada juda yaxshi futbolchilar bor. O'yin borasida yaxshi shakllangan. Har bir poziciyada sog'lom raqobat mavjud.

Favorit hisoblangan Eron va Qatar jamoalari begona emas. Lekin qolganlarni ham hisobga olish kerak. Bugungi kunda futbol o'zgacha Buni bizga Xorvatiya terma jamoasi Yevropa chempionatidagi ishtiroki bilan ko'rsatib qo'ydi. Xorvatiyada juda mahoratli ijrochilar jamlangan. Lekin bu etarli emasligini guvohi bo'ldik",- dedi Anvar G'ofurov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia