Anvar Berdiev: "Yozgi transferlar vaqtida jamoada ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi"

Оқил Абдубарноев
26 iyun 2024, 00:10
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Sho'rtan" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Qiyin o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik. Jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Yigitlar bor kuchlarini ishga solishdi, jamoaning barcha a'zosi g'alaba uchun o'z hissasini qo'shdi. 

- "Qo'qon-1912" jamoasining bu qadar nursiz o'yin ko'rsatishiga sabab nima deb o'ylaysiz?

- "Qo'qon-1912" jamoasi haqida gapirmoqchi emasman, ularning o'z murabbiylari bor. Lekin bu jamoaga omad tilayman. Mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishlariga tilakdoshman.

- Jamoa mavsum boshidagi omadsizliklardan so'ng yaxshi yo'lga tushib oldi. Hozirda klub rahbariyati jamoaga qanday vazifa qo'ygan?

- Mavsum boshida rahbariyat har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishni uqtirishgan. Biz shu reja asosida ishlayapmiz. Oldindan katta gapirish yo'q, lekin har bir o'yinga g'alaba uchun tayyorlanamiz. 

- Yozgi transferlar rejasi qanday?

- Ayrim futbolchilar bilan muzokara olib borayapmiz. Lekin jamoamizda ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi. Hozirda futbolchilarimizning harakatlaridan qoniqish hosil qilayapmiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia