Anvar Berdiev: "Jamoamda legionerlardan ko'ra, mahalliy futbolchilarining o'ynashi tarafdoriman"

Narzulla Saydullayev
15 noya 2023, 18:49
Superligaga o'tish o'yini dastlabki bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng G'uzor klubi bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Gol ura olmagan jamoa g'alaba qozonmaydi. Bizga bugun yetakchi, mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan futbolchi yetishmadi.




- "Sho'rtan" jamoasining mavsum davomida qo'lga kiritgan eng qiyin g'alabasi qaysi bo'ldi?


- Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi, har bir g'alaba katta mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritildi. Alohida aytish joiz bo'lsa, "Dinamo" ustidan qozonilgan g'alabani ko'rsatgan bo'lardim.

- Sizningcha, jamoaning qaysi chizig'ini kuchaytirish joiz?


- Biz ko'p gol urib, ko'p o'tkazib yubordik. Himoya chizig'ini kuchaytirishimiz zarur.

- "Sho'rtan" tarkibiga legioner futbolchilarni jalb etish rejasi bormi?


- Ko'ramiz, yaxshi legioner bo'lsa, balki jalb qilarmiz. Lekin nazarimda legionyerdan ko'ra, mahalliy futbolchilarga imkoniyat berilishi yaxshiroq deb hisoblayman.

- Klubda tarkibga legioner jalb etish uchun mablag' yo'qmi? Yoki siz legioner futbolchini o'ynatishni xohlamaysizmi?


- Klub rahbariyatiga rahmat aytaman, bizga barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Men legioner futbolchidan ko'ra, mahalliy futbolchilarni o'ynatish tarafdoriman.

- "Sho'rtan"da yangi mavsumda yangi nomlarni ko'ramizmi?

- Albatta, chiziqlarni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni tarkibga jalb etish rejamiz bor.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia