

"Avvalo, o'yin boshida yuzaga kelgan vaziyatga to'xtalmoqchiman. "Andijon II"ning jarohat olgan futbolchisi (Abubakir Rejabboev – tahr.) tezroq sog'ayib kyetishini tilayman. Bu holatdan keyin o'yin tempi pasayib qolganday tuyuldi. Men o'yin oldidan futbolchilarga har bir bahsga jiddiy yondashish kerakligini tushuntirgandim. Talaygina vaziyatlardan foydalana olmadik. Xudoga shukrki, bitta to'p kiritib, g'alaba qozondik. Jamoamiz a'zolarini, rahbariyatni, muxlislarni keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan tabriklayman!

Keyingi bosqichda qaysi raqibga qarshi o'ynashni istayman? - Hech bir jamoani ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Har bir raqibga jiddiy yondashamiz", – dedi Berdiev.

"Hammani g'alaba bilan muborakbod etaman. O'yin yaxshi bo'ldi. Ko'p imkoniyatlar hosil qildik, ammo barchasidan ham foydalana olmadik. Birgalikda mehnat qilib, gol urdik va ijobiy natijaga erishdik. Jamoamiz a'zolarini tabriklayman!", – dedi Chobanov.




