Antuan Grizmann Lionel Messining La Ligadagi rekordini yangiladi

Khoja
9 noya 2025
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatida bosh murabbiy Diego Simeone qo'l ostida “Atletiko” safidagi 138-golini urdi.

Forvard 12-turda “Levante”ga qarshi o'yinda (3:1) ikkita gol urdi. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi bir murabbiy qo'l oltida La Ligada gol urish bo'yicha Lionel Messining rekordini yangiladi. Messi La Ligada Gvardiola qo'l ostida jami 137 ta gol urishga erishgandi.

Ma'lumot uchun, futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi.

"Atletiko" hozirda 25 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com