

– Bu yerda o'ynash qiyin, yaxshi o'yin o'tkazdik. Barcha futbolchilarning harakatlari yoqdi. Barcha bir-biriga yordam berdi. Tottenxemdan uchralgan mag'lubiyatga to'g'ri javob berdik.
Uchrashuvdan oldin Kosta bilan vaziyatni tushuntirib o'tdim, yolg'on gapirmaganim uchun uni takrorlayman. Seshanba kuni Diegoning belida og'riq paydo bo'ldi, shu sabab mashg'ulot o'tkazmayapti.
- Kosta o'ynashdan bosh tortayaptimi?
– Bilmayman, sababi barchasini aytib bo'ldim. Keyingi hafta nima bo'lishini ko'ramiz.
- Kostaga Xitoy klubidan taklif bo'ldimi?
– Bu haqda hech nima bilmayman.
- Abramovich yoki Kosta bilan gaplashib olasizmi?
– Agar menda muammo bo'lsa uni kiyim almashtirish xonasida hal qilardim. Faqat muammoim bo'lsa, – deydi Konte.



