Antonio Konte: "Birgalikda buyuk ishlarni amalga oshira olamiz"

14 iyun 2016, 04:38
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Belgiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Ajoyib o'yin guvohiga aylandik. Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Jamoamiz yuqori bosim ostida qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Bizga qarshi bugun kuchli jamoa o'ynadi. Belgiya Evro-2016 g'olibligiga da'vogar jamoa sanaladi. Biz birgalikda buyuk ishlarni amalga oshira olamiz. Hali hech narsaga erishganimiz yo'q. Italiya qaergacha borishga munosib bo'lsa, o'sha bosqichga qadar borishga umid qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru