Ansu Fati jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023
"Brayton end Xouv Albion" va Ispaniya termasi hujumchisi Ansu Fati APL 13-turi doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi bahsda (3:2) jarohat oldi.

Futbolchi asosiy tarkibda o'yinni boshladi, lekin 21-daqiqada jarohat olgani tufayli alishtirildi. Hozircha jarohat qanchalik jiddiyligi noma'lum.

"Brayton" safida ijarada to'p tepayotgan Fati 14 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport.es