Anri PSJning muammosi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
16 avg 2021, 22:55
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Terri Anri hujumchi Leo Messining PSJga o'tishi haqida gapirdi.

"Balans barchasidan ustun. Ha, balki hujumdagi buyuk futbolchilar haqida ko'p gapirishimiz mumkindir, ammo ularning o'rtasida balans bo'lishi kerak.

"Barselona"da o'ynab yurganimda ko'p gol urib, kam o'tkazib yuborardik. Shunday jamoalargina chempionat va YCHLda sovrinlarga ega chiqishi mumkin.

Sening hujumkor futbolchilaring ko'p bo'lgan taqdirda ko'p gol o'tkazib yuborsang, sovrinlar qo'lga kiritishing ham juda qiyin bo'ladi. Ularga shunday balansni ushlay oladigan futbolchilar kerak. Qaytaraman, balans barchasidan ustun", - dedi Anri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal