Angliyaning 3ta grand klubi Oksleyd-Chemberlenga qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 23:50
“Arsenal” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen yozgi transfer bozori chog'ida jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Futbolchining xizmatlariga Angliyaning grand klublari - “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildiryapti, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri.

23 yoshli Chemberlenning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyun kuni yakuniga etadi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi London klubi libosida jami 45ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi.


Bu uchrashuvlarda u 6ta gol kiritib, 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Aleks “Arsenal” safiga 2011 yilda “Sautgempton” jamoasi tarkibidan kelib qo'shilgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com