

“Manchester Siti, Fergyusonning jamoasidan o'tib ketganiga shubham bor. Ser Aleks shakllantirgan klub APLda uch marotaba ketma-ket 3 mavsum chempionligini qo'lga kiritgan va trebl qayd etishga erishgan. Agar Man Siti ularning natijasini takrorlashga yaqin turgani haqida gapiradigan bo'lsak, unda bunga qo'shilaman. Biroq, ular o'sha Manchester Yunayted ekanligiga ishonchim komil emas.O'sha vaqtlarda MYU muammolarga qaramay, yaxshi futbolchilarga ega bo'lganini unutmaslik lozim. APLda qolish uchun kurashayotgan jadvalning ikkinchi qismidagi jamoalar 2000-yillardagidek kuchli emas. O'ylashimcha, o'sha vaqtlarda klublar anchagina raqobatbardosh edi”, – deydi Ellardays.



