Angliya terma jamoasi ustozi final oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
14 iyul 2024, 09:37
Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt final oldidan ispanlarning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Ispaniyani ushbu turnirda ko'rsatgan o'yinlari uchun haqli ravishda favorit deb hisoblash mumkin. Ular eng yaxshi jamoa bo'ldi.

Raqib bizdan bir kun ko'proq tayyorlanadi va oxirgi 3 ta finalda bu juda muhim omil bo'lgan, shuning uchun biz to'liq tiklanish yo'lini topishimiz kerak.

Taktik jihatdan mukammal bo'lishimiz kerak, chunki ular juda yaxshi jamoa. Lekin bilasizmi, biz finaldamiz", -deb fikr bildirdi inglizlar ustozi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com