

Uchrashuvning 41-daqiqasida himoyach va darvozabonning o'zaro tushunmovchiligidan so'ng Rashford hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “MYU” safida debyut o'yinini o'tkazayotgan Aleksis Sanchesning samarali to'p uzatishidan keyin Ander Errera oradagi farqni ikkitaga oshirdi. O'yin oxirlarida Jessi Lingard va Romelu Lukaku “qizil iblislar”ning mutlaq g'alabasini rasmiylashtirishdi.
Ushbu bosqichda “Sheffild Uensdey” futbolchilari “Reding”dan ustun kelishdi.



