Angliya grandlari Manega qiziqishmoqda

Tolibjon Qosimov
24 mar 2014, 14:22
The Mirror nashrining xabariga ko'ra, Angliyaning qator klublari "Zalcburg"ning senegallik futbolchisi Sadio Manega qiziqishmoqda.
21 yoshli futbolchi jamoasi bilan birga Avstriyada chempion bo'ldi. Ayni paytda uning transfer narxi 12 million evroga teng.

Maneni "Chelsi", "Manchester Siti", "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari diqqat bilan kuzatishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net