Angliya futbol assotsiatsiyasi Gvardiola bilan bog'landi, murabbiy tez orada qaror qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
14 okt 2024, 20:20
FA (Angliya futbol assotsiatsiyasi) milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimi bo'yicha Pep Gvardiola bilan bog'landi.

Ma'lumotlarga ko'ra, joriy mavsum boshida FA ispaniyalik murabbiy bilan norasmiy muloqot qilgan. Mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

"Shaharliklar" Gvardiola bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. U kelajagi borasida yakuniy qarorni yaqin haftalarda qabul qiladi.

Ayni damda Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini Li Karsli vaqtinchalik bajarib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times