

Yangi shartnomaga ko'ra, murabbiyning maoshi ikki baravarga oshadi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Sautgeyt terma jamoa bilan Qatardagi mundialda ishlaydi. Ammo federatsiya murabbiy Jahon chempionati tugashi bilan o'z kuchini APLda sinab ko'rishi uchun terma jamoani tark etishidan xavotirda.
Sautgeyt terma jamoada 2016 yil 30 noyabridan buyon ishlab kelmoqda. Angliya ushbu murabbiy qo'l ostida Evro-2020 finaliga qadar yetib bordi.



