Anelli va Cheferin mish-mishlar sabab qo'shma bayonot tayyorlagan. Ammo "Yuve" rahbari o'sha payt telefonini o'chirib qo'ygan ekan

Aziz Tukhtamuradov
23 apr 2021, 08:50
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin va "Yuventus" rahbari Andrea Anelli Yevropa Superligasi anonsi oldidan qo'shma bayonot tayyorlagan ekan.

Ular Yevropa chempionlar ligasidagi islohotlar haqida 19 aprel kuni e'lon qilmoqchi bo'lganlar.

Superliga tuzish haqida ma'lumotlar paydo bo'la boshlagach, Cheferin o'zi yashaydigan Sloveniyadan tezda UEFA shtab-kvartirasiga yo'l oladi. U Anelliga ham qo'ng'iroq qiladi, ammo "Yuve" rahbari qo'ng'iroqqa javob bermaydi. 

Anellining qizlaridan biriga cho'qintirgan ota hisoblanadigan Cheferin shundan so'ng Andreaning turmush o'rtog'iga qo'ng'iroq qiladi va eri o'ziga qaytib qo'ng'iroq qilishi zarurligini aytib, iltimos qiladi. UEFA rahbari yo'lda bo'lgan payt Anelli Cheferinga qo'ng'iroq qiladi va barchasi joyida ekanligini takidlaydi. 

Cheferin bunga ishonchi komil bo'lmagan va birgalikda qo'shma bayonot berishlarini istagan. Sloveniyalik funkcioner Anelliga bayonot matnini yuboradi. Bir necha qo'ng'irog'idan so'ng Anelli unga biroz vaqt kerakligini aytadi va telefonini o'chirib qo'yadi. Shundan ko'p o'tmay, Superliga tuzilgani va unda "Yuventus" liga asoschilaridan biri ekanligi e'lon qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-italia.net