Andrey Shipilov: "Mirsodiqovning ishini davom ettirish uchun Bekobodga keldim"

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018, 11:32
Bekobodning "Metallurg" klubi bosh murabbiyi Andrey Shipilov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

"Rustam To'xtamurodovich mamlakatimizning eng obro'li, tajribali murabbiylaridan. Bugungi kunda u kishining shogirdlari ishlamayotgan, faoliyat yuritmayotgan klublarini mamlakatimizda topish qiyin. Bekobod futboli ravnaqi yo'lida ham u kishining xizmatlari beqiyos bo'ldi. Albatta bunday insonlardan keyin jamoani qabul qilib olish oson emas. Men Bekobodga Mirsodiqov boshlab ketgan ishni barbod etish uchun emas, davom ettirish, yanada ijobiy natijalarga erishsh maqsadida keldim. Klubimiz muassislari, rahbariyat qo'llab-quvvatlab tursa, bizga ishonishda davom etishsa, stadionni to'ldirib yolg'izlatib qo'yishmasa, futbolchilarimiz bilan bir musht bo'lib bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilsak, albatta natijaning o'zi kelaveradi", - deydi Andrey Shipilov intervyusi chog'ida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia