Andrey Fyodorov: "Buxoro" mahorat evaziga g'olib bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 21:32
"Buxoro" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin muxlislar uchun yoqimli tarzda kechdi deb o'ylayman. "Buxoro" bugun mahorat evaziga zafar quchdi. Buxoroliklar yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishdi, biz esa foydalana olmadik.

Bundan tashqari Mansur Saidovning erta jarohat olishi ham rejalarimizni barbod qildi", - deydi Fyodorov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia