Andrey Baklanov: "Penaltidan oldin o'zimga ishonch bor edi"

Narzulla Saydullayev
26 mar 2016, 08:17
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar posboni Andrey Baklanovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugungi o'yin qiyin kechishini bilar edik, chunki "vodiy derbi"lari har doim shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tadi. Bugun ahilligimiz evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. Qolaversa murabbiylarimiz ham to'g'ri taktika tanlaganliklari bilindi. Penalti tepilayotganda menda "hozir kaytaraman" degan ishonch bor edi. Ushbu g'alabada bizni stadiondan qo'llab turgan muxlislarning ham xissalari bor, - deydi Baklanov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia