Andrea Pirlo: "Bu golim "Jenoa"ga urgan golimdan farq qiladi"

Tolibjon Qosimov
21 mar 2014, 11:51
"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Pirlo Yevropa ligasi 1/8 finali doirasidagi "Fiorentina" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– "Fiorentina" o'yinni faol boshlashini bilardik. Biz uchrashuv 90 daqiqa davom etishini bilardik. O'yinni o'z qo'limizga olishga va gol urishga intildik.

Ikkinchi bo'limda maqsadimizga erishdik. Bu golim "Jenoa"ga urgan golimdan farq qiladi. Ammo ikkala gol ham jamoaga katta foyda keltirdi, - deydi Pirlo UEFA rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net