"Andijon" birinchi yig'inni yakunladi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2015, 10:00
11 iyul kuni jamoamizni Andijonda boshlangan o'quv-mashg'ulot yig'ini bugun nihoyasiga etdi.

Jamoamiz ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi qismini o'z qarorgohida olib bordi.

Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borildi va Edgar Gess bir qator yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi. Bugun, 17 iyul kuni ertalab “Sog'lom avlod” stadionida asosiy tarkib yoshlar jamoasiga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi. Mazkur o'yinda asosiy tarkib 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Asosiy tarkib: Eldor Isaboev, Javlon Guseynov, Davron Tursunov, Rahim Qodirov, Iqbol Boboxonov, Rasul Rahmonov, Sanjar Asqaraliev, Iqbol Akramov, Temur Vasilev, Ibrohim Otaxonov, Lochin Soliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Asror Rahmonov, Otabek Isroilov, Abdumalik Abdullaev, Abdulatif Abduqodirov.
Gollar: Lochin Soliev, Rasul Rahmonov.

Ana shu o'yindan keyin Edgar Gess Ramozon Hayiti munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatga dam berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia