"Andijon"ning 2024 yilgi mavsum uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Alisher
3 mar 2024, 13:39
PFL "Andijon"ning 2024 yilgi mavsum uchun qaydnomasidan o'rin olgan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Andijon klubi yangi mavsum uchun futbolchilarni Ligada ro'yxatdan o'tkazdi. Burgutlar 51 futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan bo'lib, ularning sakkiz nafari legioner futbolchilardir.

Jamoaning o'rtacha yoshi 22.6 ni tashkil qilmoqda. Shuningdek, bir nafar futbolchi ilk professional shartnomasini imzolagan. To'liq ro'yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz