

"Burgutlar" safini mavsum yakunida tark etadigan futbolchilar yo'q emas. Xususan, jamoa yarim himoyachisi Muhammadkarim Toirov keyingi mavsumni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida boshlaydi.
25 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Andijon" libosida Superligada 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 1881 daqiqa harakat qildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 300 ming evroga baholagan.



