"Andijon" yarim himoyachisi keyingi mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazadi

Iskandarov Abdulaziz
29 noya 2025, 14:17
Shu kunlarda "Andijon" jamoasi bilan bog'liq transferlar kun mavzusi bo'lib turibdi.

"Burgutlar" safini mavsum yakunida tark etadigan futbolchilar yo'q emas. Xususan, jamoa yarim himoyachisi Muhammadkarim Toirov keyingi mavsumni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida boshlaydi. 

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum "Andijon" libosida Superligada 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 1881 daqiqa harakat qildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 300 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia