"Andijon" "Benfika" bilan hamkorlik qiladi

Eldor Akmurzayev
11 okt 2020, 21:10
"Andijon" Portugaliya poytaxti Lissabon shahrining "Benfika" futbol klubi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

"Shartnomaga ko'ra, "Benfika"ning infratuzilmasi, akademiyaning ish uslubi, ishlash tartibi o'rganilib kelinadi. Murabbiylar shtabi va yosh futbolchilarimiz "Benfika" akademiyasida bo'lib malaka oshirib qaytishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, portugaliyalik murabbiylar yurtimizga tashrif buyurib, andijonlik yosh futbolchilarga mahorat darslari o'tishi rejalashtirilgan.

Shartnoma masalalari yakunlanish bosqichiga yetib kelgan. Yurtimizda joriy qilingan karantin tartib qoidalari sabab, Portugaliyaga borish imkoni bo'lmaydi, karantin cheklovlari yumshatilgandan so'ng jamoamiz rahbariyati Portugaliya poytaxtiga borib, shartnoma imzolab qaytishadi.

Shartnoma tafsilotlarini "Andijon" jamoamizning rasmiy sahifalarida berib boramiz!", deb yoziladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/fcandijan