"Andijon": Mashg'ulotlarga Rasul Rahmonov qo'shildi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2016, 17:39
"Andijon" klubini o'z qarorgohida olib borayotgan tayyorgarligi davom etmoqda. Kecha futbolchilar bir mahal engil mashg'ulot o'tkazishdi.

Bugundan mashg'ulotlar yana ikki mahalga ko'chdi. Bugun tarkibga yarim himoyachi Rasul Rahmonov qo'shildi. Bu futbolchi dekabrdagi birinchi yig'inda ishtirok etmagandi. Shuningdek ertaga "Andijon" safiga ikki nafar yangi o'yinchini qo'shilishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Andijondagi yig'in 17 yanvarga qadar davom etadi. Shundan keyin jamoamiz tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia