Andijon ikki nafar futbolchini ijaraga berdi. Biri Qozog'iston chempionatiga yo'l oldi

Khoja
24 fev 2025, 09:36
Andijon klubi yana ikki nafar futbolchisini ijaraga berdi.

O'tgan yili jamoaga qo'shilgan rossiyalik 19 yoshli hujumchi Luka Zgurskiy Qozog'istonning Turon klubida mavsum oxiriga qadar to'p suradi.

Shuningdek, yana bir 19 yoshli himoyachi Abubakir Rejabboev esa endilikda Toshkentning Olimpik jamoasida to'p suradi.

Ma'lumot uchun, 2024 yilgi mavsumda Zgurskiy Andijon safida Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo'lib, 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Abubakir Rejabboev esa Andijon U21 va U19 tarkiblarida 28 ta bellashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: andijanfc.uz