"Andijon Hokim kubogi-2018". Finalchilar ma'lum

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 20:18
Bugun 28 fevral kuni Andijon shahrida bo'lib o'tayotgan “Hokim Kubogi-2018” turnirining yarim final bahslari o'tkazildi.

Sho'rbuloq dahasidagi sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi.

Yarim final
“Andijon” - “VBO'FM” 2:0
“UzTongXongKo” - “Iftixor”1:2

Shunday qilib, “Hokim Kubogi-2018” turnirining final bahsida viloyatning bosh jamoasi “Andijon” hamda qo'shni Farg'ona viloyatining “Iftixor” jamoalari bosh sovrin uchun qurash olib borishadi.

Final (Sho'rbuloq) 1 mart
11:00 “Andijon” - “Iftixor”

Barcha futbol muxlislarini ushbu qiziqarli o'tishi kutilayotgan bahsga taklif etamiz.

Andijon viloyat futbol federatsiyasi matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia