“Andijon” futbolchilari test-normativlarini topshirdi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018, 16:00
Avval xabar berganimizdek, “Andijon” jamoasi ayni damda o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Ma'lumki bundan keyin super liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.  
Futbolchilar bugun ertalab, Bo'ston dahasida joylashgan “Andijon” futbol maktabining maydonida test-normativlarini topshirdi. Eldor Sakaev boshchiligidagi murabbiylar shtabi to'rt yo'nalishda – 30 metrga yuugurish, uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish va “Yo-Yo” test sinovlari borasida futbolchilarning xolatini tekshiruvdan o'tkazib, kerakli xulosaga ega bo'ldi.  

“Andijon” matbuot xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia