“Andijon” ertaga yig'inni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 14:22
“Burgutlar” yangi yil bayramidan so'ng ertadan tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini boshlaydi.

Jamoa a'zolari 4 yanvardan klub qarorgohida yig'iladi. Aytish kerakki, bu yil tarkibda jiddiy o'zgarishlar amalga oshiriladi. Rahbariyat va murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, bu yil mahalliy va shu bilan birga yoshartirilgan tarkibni shakllantirishga qaror qilingan.

Tayyorgarlik rejasiga ko'ra, andijonliklar yanvar oyida Yangier shahridagi futbol qarorgohida yig'in o'tkazishni maqsad qilgan. Tarkibdagi o'zgarishlar bo'yicha yig'in boshlanganidan so'ng xabar berib boramiz. Darvoqe, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning 5 yanvar kuni Rossiyadan Andijonga yetib kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia