"Andijon" 11 yildan buyon "Qizilqum"ni mehmonda yuta olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
2 noya 2023, 14:53
Bugun Superliganing 24-turida "Qizilqum" va "Andijon" jamoalari to'qnash kelishadi.

Bu jamoalarning Navoiydagi 19 qarama-qarshiligi hisoblanadi. Avvalgi 18 uchrashuvda ustunlik mezbonlar tomonida, 14 g'alaba. Tomonlar 3ta uchrashuvda durangga imzo chekkan bo'lsa, 1ta o'yinda "Andijon" 3 ochkoga ega chiqqan. "Burgutlar" o'z tarixidagi yagona g'alabani 2012 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan. 

Superliga-2012. 10-tur. 

15.06.2012. "Progress" stadioni

"Qizilqum" - "Andijon" 1:2

Gollar: G'ulom O'runov 67 - Vladimir Shishelov 34, Bekzod G'oziev 82

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia