

Hozirda Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni bo'lgan Madridning "Real" klubi 2024/25 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortmoqchi emas. Bu qaror Madrid klubi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Avvalroq "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti moliyaviy ahvol yaxshilanmasa, klub turnirda ishtirok etmasligini ma'lum qilgandi.
2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati AQSHda yangilangan formatda – 32 ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi.



