Anchelotti yirik g'alabadan so'ng: "Raqibga qarshi hujumga imkon bermadik"

Aziz Tukhtamuradov
16 fev 2023, 09:28
Karlo Anchelotti La Liga 21-turi doirasida "Elche"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin. Biz uchrashuvni nazorat qildik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, raqibga qarshi hujum qilishga imkon bermadik. 

Mavsumning muhim pallasida barchasi yaxshi o'tdi. Bizga barqarorlik kerak. 


- Benzema "Real" uchun qanday ahamiyatga ega? 

- U shunchaki hujumchi emas. Unda jamoadoshlar bilan yaxshi munosabat bor. U doimo to'pni ushlab qolishga tayyor va to'p nazorati bo'yicha ham katta yordam beradi. 


- Dubldan so'ng u endi "Real"ning Primerodagi eng yaxshi to'purarlari qatorida...

- Karimning fantastik karerasi bor. Umid qilamanki, u shu tarzda davom etadi. Chunki "Real"ning barcha muxlislari shuni istashyapti", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca