Anchelotti Vinisiusga berilgan milliard evrolik taklif haqida gapirdi

Administrator
13 avg 2024, 23:58
Murabbiy buni shunchaki bozordagi narxni ko'tarishga bo'lgan urinib deb hisoblaydi.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchisi Vinisius Juniorga Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubidan qilingan taklif haqida gapirdi.

"Saudiya Arabistoni biz uchun xavf emas, juda ko'p yaxshi o'yinchilarimiz bor. Aminmanki, katta natijalar qayd eta olamiz.

Vinisius bo'yicha hech narsa yo'q. Bu shunchaki bozordagi narxni oshirishga qilingan harakat – spekulyaciya", -deydi Karlo Anchelotti.

Ma'lumot uchun, avvalroq Vinisius "Al Ahli" tomonidan berilgan mlrd evrolik taklifni rad qilgani xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca