Anchelotti: "Vinisius tez orada "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi"

Administrator
26 okt 2023
Murabbiyning fikricha Vini eng kuchli futbolchiga aylanadi.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Junior tez orada "Oltin to'p" sohibi bo'lishi haqida gapirdi.

"Ha, Vinisius "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi.

Minimal ofsayd sabab u urgan gol bekor qilindi. Bundan tashqari, u ikkita assist qayd etdi. Vini qaytdi, u yana formada, farqni ko'rsatib qo'ydi.

Bellingem va Vinisius birgalikda yaxshi ishlashmoqda. To'p bilan ham, to'psiz ham. Biz eng yuqori cho'qqiga chiqishimiz kerak, biroq ular hozir ham ajoyib harakat qilishmoqda", -deydi Karlo Anchelotti.


AdministratorMuallif
Manba: ESPN