

O'yinda dublga erishgan Federiko Valverde mavsumdagi gollarini 11 taga etkazdi. 2022/23 yilgi mavsum startidan oldin Anchelotti Valverde mavsum davomida 10 ta gol urolmasa, murabbiylik licenziyasini yirtib tashlab, faoliyati bilan xayrlashishi borasida bahs boylashgandi.
“Fede Valverdedan uning o'ninchi goli uchun juda minnatdorman. Endi murabbiylik licenziyamni yirtib tashlashim shart emas”, deya izoh bergan italiyalik mutaxassis.



