Anchelotti: "Valverdega bir mavsumda kamida 10 ta gol urmasa, murabbiylik licenziyamni yirtib tashlashimni aytgandim"

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022, 18:04
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Fede Valverdening samarali harakati haqida hazil qildi.

24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "Real" safida 8 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golga pas uzatdi.

"Meni eng hayratga solgan narsa uning juda kam gol urgani edi. O'tgan mavsumda u faqat bitta gol urgandi. Men Fedega uning oyog'i tosh ekanligini aytdim. Bu aql bovar qilmaydigan zarba yo'naltirish imkonini beradi. "Leyptsig"ga qarshi bahsda u chap oyoqda to'p kiritdi.

Agar u bir mavsumda kamida o'nta gol urmasa, murabbiylik yirtib tashlashimni aytgandim.

Uni o'z poziciyasi bo'yicha dunyoning eng yaxshisi deb atashga hali erta – biroz kutish kerak", – dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca