Anchelotti “Real”dagi o'yinlar soni bo'yicha kuchli beshlikka kirdi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2022, 08:50
Ispaniya chempionati 6-turida “Real” derbida “Atletiko”ni 2:1 hisobida taslim etdi.

Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar” boshqaruvidagi 184-o'yinini o'tkazdi va bu borada klubda 5-o'ringa ko'tarildi. U Luis Molovnini (183) quvib o'tdi.

Mazkur natija bo'yicha madridliklarning mutlaq rekordchisi Migel Munos hisoblanadi – 605 ta uchrashuv. Undan keyingi o'rinlarda esa Zinedin Zidan (263), Visente Del Boske (246) hamda Leo Benxakker (197) joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cope